GURUHLI KO‘RGAZMA
BIZNI AYTADIGAN GAPIMIZ BOR 2.0
GASTROBAR "CULTURA"
TASHKENT, SHARAF RASHIDOV SHOH KO‘CHASI, 40

2026 yil 2 aprel – 2026 yil 2 may
Bir necha oy oldin Oʻzbekiston va Rossiyadan besh nafar rassom Samarqandda “BIZNI AYTADIGAN GAPIMIZ BOR” nomli koʻrgazma tashkil qilishdi. Hech qanday berilgan mavzusiz, tashqi saralashsiz — har kim nima haqida gapirmoqchiligini oʻzi tanladi.
Gipoteza shunday edi: agar individualistlarga toʻliq erkinlik berilsa, ularning ishlari, universal mavzular atrofida jamlanadi. Shunday ham boʻldi — beshta yoʻnalish paydo boʻldi: Shaxsiyat, Hamjamiyat, Nizo, Mif yaratish, Makon.
Bu besh mavzu bir birini his qilishning besh xil usuli kabi boʻldi. Odamlar endi/ilk bor tanishayotgan aynan shunday muloqot oʻrnatishadi: ular har xil yoʻllarni sinab koʻradi, umumiylik izlaydi, toʻqnash keladi, ayrilishadi va yaqinlashadi. 
Lekin rejalashtirilmagan yana bir narsa yuz berdi. Birgalikdagi ish jarayoni ishtirokchilarning oʻzini oʻzgartirdi. Avval guruh boʻlishni rejalashtirmagan individualistlar, aslida guruhga aylanganini anglashdi.

“BIZNI AYTADIGAN GAPIMIZ BOR 2.0” — bu eksperimentning ikkinchi bosqichi. Besh mavzudan ikkitasi qoldi: Shaxsiyat va Hamjamiyat. Mavzular tugaganidan emas, balki yaqinlashuv shunday ishlagani sababli. Odamlar bir-birini chinakam taniy boshlaganida, hammasi asosiy savollarga kelib taqaladi: men kimman va biz kimmiz?
Koʻrgazma uchun biz ataylab galereyani emas, balki gastrobarnı tanladik. “Kultura” — bu har kecha “men” va “biz” toʻqnashadigan joy: odamlar yolgʻiz keladi, vaqtincha “biz”ga aylanadi — bar yonida, ma’ruzalarda, yonma-yon stollarda — va yana tarqaladi.
Bu maskanda koʻrgazma devorlarda osilib turmaydi. U bu yerda allaqachon sodir boʻlayotgan narsani nomlaydi.
Xush kelibsiz!
RASSOMLAR
MUXAMMADIYOR MUMINOV
Rasmlar bilan ishlaydigan zamonaviy vizual rassom

Muxammadiyor Muminov (2003 y., Farg‘ona, O‘zbekistonda tug‘ilgan) hozirgi vaqtda Toshkentda yashaydi va ishlaydi. Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy san’at va dizayn institutini 2024 yilda bitirgan. O‘z ishlarida rassom ko‘pincha aytilmagan va ko‘rinmaydiganga murojaat etadi: so‘zlar yetishmasligi, hissiyotlar esa qarashlar, imo-ishoralar va bo‘shlikda namoyon bo‘ladi.
Rassom haqida ko‘proq bilish
NADIN DIVER
Rasmlar va grafika bilan ishlaydigan zamonaviy vizual rassom

Nadin Diver (1990 y., Magdeburg, Germaniya) hozirgi vaqtda Moskvada yashaydi va ishlaydi. Moskvadagi Britaniya dizayn oliy maktabini 2014 yilda bitirgan, keyin ta’limni bir necha universitetlarda davom ettirgan, ular orasida — Londondagi Royal Drawing School (ODDY24), tamomlagan yili — 2025. Nadinning ishlari ko‘rinadigan va his etiladiganning chegarasida: o‘z ishlarida rassom haqiqiy borliqqa qanday qilib tasavvurlar, xotira va boshdan o‘tgan tajribaning ko‘rinmas qavati qo‘shilishini tadqiq qiladi.
Rassom haqida ko‘proq biling
ROMA SOYEROV
Zamonaviy interintizomli rassom

Roma Soyerov (1993 y., Moskva) hozirgi vaqtda Toshkentda yashaydi va ishlaydi. Soyerovning kasbiy ma’lumoti tomoshabinning uning ishlarini qanday qabul qilishiga alohida me’moriy yondashuv beradi. Rassom turli medium va texnikalar bilan ishlaydi, lekin uning rasmlari, installyatsiyalari va haykallarini birlashtiradigan narsa — shakl me’morchiligi va tasodif o‘rtasida, muallifning niyatlari va tomoshabinning qabul qilishi o‘rtasidagi muvozanatni doimiy izlashdir.
Rassom haqida ko‘proq bilish
SITORA BREJNEVA
Zamonaviy interintizomli rassom

Sitora Brejneva (1984 y., Buxoro, O‘zbekiston) hozirgi vaqtda Toshkentda yashaydi va ishlaydi. Zamonaviy san’at, madaniy meros va vizual storitelling tutashuvida ishlaydigan o‘zbekistonlik interintizomli rassom va tadqiqotchi. Sitora san’at tafakkurni harakatlantiradigan ta’sir bo‘lishi lozimligiga ishonadi va shu sababli ozodlik va cheklovlar, ayollarning jamiyatdagi mavqei, qo‘rquvni yengish va izolyatsiya mavzulari bilan ishlashni tanlaydi.
Rassom haqida ko‘proq bilish
ISHLARI
Asarlar bo‘limi ochilish kuni paydo bo‘ladi. Ungacha biz asarlarni ko‘rsatmaymiz — kelib, ularni jonli ko‘ring!
IMPRESSUM
Rassomlar
Muhammaddiyor Muminov
Nadin Diver
Roma Soyerov
Sitora Brejneva

G´oya va tanlov
Roma Soyerov, kurator
Muhammaddiyor Muminov
Nadin Diver
Sitora Brejneva

Prodyuser
Marina Zavarseva

Menejer
Georgiy Shvanov

Matnlar
Roma Soyerov
Marina Zavarseva
Georgiy Shvanov
Muhammaddiyor Muminov
Nadin Diver
Sitora Brejneva

Grafik dizayn
Roma Soyerov
Marina Zavartseva

Targ´ibot va media
Georgiy Shvanov
Marina Zavartseva
Digital punx

Minnatdorchilik
“Cultura” gastrobar jamoasi
Kirill Runtov
Pavel Bezchastnov
Kristina Khabarova
Vitaliia Bronchenko
Ilya Bryanskiy

Loyiha Alena Haubenvaller tomonidan olib borilayotgan kuratorlik tadqiqotining davomidir, u loyihaning birinchi bosqichida boshlangan
KONTAKTLAR
+998 90 014 63 82
TASHRIF BUYURUVCHILAR UCHUN
Manzil: Toshkent, Sharaf Rashidov shoh ko‘chasi, 40
Gastrobar ish vaqti:
Dushanba–Payshanba: 10:00–00:00
Juma–Shanba: 10:00–02:00
Yakshanba: 09:00–00:00